1

​“14 yil avvalgi shar`iy nikohni qonuniy rasmiylashtirmoqchiman...”

Savol-javob 03.07.2017, 10:51
Teglar: Nikoh
​“14 yil avvalgi shar`iy nikohni qonuniy rasmiylashtirmoqchiman...”

14 yil avval ikkinchi marotaba turmushga chiqqan edim. Nikoh o`qilgan, ammo FHDYo bo`limida rasmiylashtirilmagan. Endi rasmiylashtirsa bo`ladimi?

T.Qo`chqorova, Jizzax viloyati, Zafarobod tumani

Inomjon QUDRATOV, Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

— Oila kodeksining 212-213-moddalariga muvofiq, nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqti Nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish to`g`risida ariza beradilar. Nikohga kirishni xohlovchilar ariza berish chog`ida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ilgari nikohda bo`lgan shaxslar esa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etishi lozim.

Yuqoridagilarga ko`ra, dastlabki nikohi bekor qilinganligi haqidagi hujjat bilan nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi FHDYo bo`limiga belgilangan tartibda nikohni qayd etish haqidagi ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

Sharhlar

2022 yilning 6 oyida eng ko`p nikoh qaysi viloyatda qayd etilgani ma`lum qilindi

20.07.2022, 10:19

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo`yicha jami 108 934 ta nikoh holatlari qayd etilgan.Ma`lum qilinishicha, bu o`tgan yilning mos davriga...
Nikohdan avvalgi tibbiy ko`rik jarayonlari optimallashtiriladi

26.09.2021, 14:11

Nikohdan avvalgi tibbiy ko`rik jarayonlari optimallashadi. Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori Shahnoza Zufarova nikohdan oldingi tibbiy ko`rikning ahamiyati va bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan...
O`zbekistonda 333 nafar doimiy yashovchi fuqarolar xorijliklar bilan nikohdan o`tgan

17.08.2021, 17:02

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 119,0 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.Xorijiy davlatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan qayd etilgan nikohlar soni:...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1