Bavariya federal erida yo`lovchi avtobusi ishtirokida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lishi munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Prezidentiga hamdardlik yo`lladi.
Hamdardlik maktubi O`zAda e`lon qilindi. Unda shunday deyiladi:
Germaniya Federativ Respublikasi
Federal Prezidenti
Frank-Valter Shtaynmayer
Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Bavariya federal erida yo`lovchi avtobusi ishtirokida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani va jabrlangani haqidagi xabar meni chuqur qayg`uga soldi.
Chuqur ta`ziya izhor etaman, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman, barcha jabrlanganlar tezroq sog`ayib ketishini tilayman.
Qayg`u bilan,
Shavkat Mirziyoev,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
03.05.2024, 18:04
Xitoy va Braziliyada kuchli yog`ingarchiliklar yuz bergani oqibatida ko`plab insonlar vafot etgani edi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy va Braziliya davlatlariga hamdardlik bildirdi.Ma`lum bo`lishicha, Braziliya...21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...29.08.2022, 11:46
Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...