1

Toshkentda "Paxtakor-79" yangi yodgorlik majmuining ochilish marosimi bo`lib o`tdi (FOTO)

Sport 14.08.2013, 22:43
Toshkentda "Paxtakor-79" yangi yodgorlik majmuining ochilish marosimi bo`lib o`tdi (FOTO)
Avval xabar berganimizdek, Toshkentda Paxtakor-79 xotirasi uchun yangi yodgorlik o`rnatildi. 11 avgust kuni bo`lib o`tgan marosimida O`FF futbol faxriylari kengashi raisi Narimon Jalolov barchani Botkin qabristonidagi ana shu yangi yodgorlikni ochish va "Paxtakor" jamoasi a`zolarini xotirlash uchun taklif qildi. 

Bu erda Narimon Jalolov, To`lagan Isoqov va Samvel Babayan paxtakorchilarni yodga olib, yangi monument haqida so`zlab o`tishdi. Shundan so`ng, Narimon Jalolov marhum futbolchi Mixail Anning o`g`li Dmitriy An bilan birgalikda yangi yodgorlik ochib berishdi. Tadbirda jamoa muxlislari, Paxtakor-79 futbolchilarining oila a`zolari va do`stlari, PFL va O`FF xodimlari, hozirgi jamoa vakillari, "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Mash`al" jamoalari futbolchilari jam bo`lishdi.

11 avgust kuni shuningdek "Xotira qanotlari" turniri finali ham o`tkazildi. Unda "Paxtakor" va "Mash`al" akademiyalarining 1998 yilda tavallud topgan futbolchilari to`qnash kelishdi. Uchrashuvda poytaxtlik futbolchilar 2-1 hisobida g`alaba qozonishdi. 
























Foto: [url=no-img.jpg]pakhtakor.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1