1

Osiyo kanoe konfederasiyasi ikkita yirik musobaqani Samarqandda o`tkazishga qaror qildi

Sport 14.08.2013, 22:44
Osiyo kanoe konfederasiyasi ikkita yirik musobaqani Samarqandda o`tkazishga qaror qildi
Osiyo kanoe konfederasiyasi shu yil sentyabr oyida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha kattalar o`rtasida  Osiyo chempionatini va oktyabr oyida o`smirlar o`rtasida akademik eshkak eshish bo`yicha qit`a birinchiligini Samarqandda  o`tkazishga qaror qildi. Akademik eshkak eshish bo`yicha Osiyo birinchiligida qit`amizning yosh sportchilari sovrinli o`rinlar bilan bir qatorda 2014 yili Xitoyning Nankin shahri mezbonlik qiladigan o`smirlar o`rtasidagi II Olimpiya o`yinlari yo`llanmalari uchun kurashadi. Eslatib o`tamiz o`tgan yili Samarqanddagi Respublika eshkak eshish kanali to`la rekonstruksiya qilingan. Umumiy maydoni 84,5 gektarni tashkil etadigan Respublika eshkak eshish kanali uzunligi 2215 metr va eni 130 metrlik asosiy hamda 2215 metr uzunlik va 58 metr kenglikdagi aylanma kanalga ega. Majmua binosida qariyb 100 o`rinli mehmonxona, 64 o`rinli oshxona, majlislar zali, hakamlar xonasi va boshqa yordamchi xonalar,  qirg`oqda ikki ming o`rinli  tomoshabinlar joyi qurildi. Ushbu yirik sport inshootining start va finish chiziqlari Germaniyaning “IMAS” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy elektron tizim bilan ta`minlangan. 2012 yilning 18-22 oktyabr kunlari baydarka va kanoeda eshkak eshish bo`yicha «Samarqand yulduzlari» xalqaro musobaqasi aynan mana shu kanalda o`tkazilgan edi.
Foto: Muhammad amin (O`zA)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1