1

O`zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogiga da`vogar

Sport 14.08.2013, 22:45
O`zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogiga da`vogar
Norvegiyaning Tromsyo shahrida shaxmat bo`yicha davom etayotgan jahon kubogining birinchi turini o`z foydasiga hal qilgan xalqaro grossmeysterimiz Anton Filippov keyingi bosqichga chiqdi. Xalqaro shaxmat federasiyasi – FIDE tomonidan tashkil etilgan musobaqada 128 nafar sportchi dona surmoqda. Qoidaga ko`ra, shaxmatchilar har turda ikkitadan uchrashuv o`tkazadi. Partiyalarning umumiy natijasida durang qayd etilsa, g`olib “tay-breyk”da aniqlanadi. Mag`lub musobaqani tark etadi. Jahon kubogi finalchilari 2014 yili nomzodlar turniriga yo`llanma oladi. Nomzodlar turniri – jahon chempionligi uchun kurashish imkonini beradigan yagona musobaqa. Uning g`olibi amaldagi jahon chempioni – hindistonlik Vishvanatan Anand bilan jahon shaxmat toji uchun bahslashadi. Jahon kubogida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan uch karra Osiyo chempioni Anton Filippov birinchi turda rossiyalik Evgeniy Romanovga qarshi dona surdi. Dastlabki partiyada 34-yurishdan so`ng durang qayd etildi. Ikkinchi uchrashuvda qora donalarda o`ynagan grossmeysterimiz 50-yurishdan so`ng raqibini mag`lubiyatga uchratdi. Ikki o`yinda 1,5:0,5 hisobida zafar quchgan hamyurtimiz keyingi davraga o`tdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1