1

Futzal. O`zbekiston Osiyo chempionatiga yo`l oldi

Sport 12.11.2013, 09:51
Futzal. O`zbekiston Osiyo chempionatiga yo`l oldi
Poytaxtimizning «O`zbekiston» sport majmuasida mini-futbol bo`yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining saralash turnirida muvaffaqiyatli qatnashayotgan O`zbekiston terma jamoasi ketma-ket ikkinchi g`alabasini nishonladi. 

Dastlabki turda Turkmaniston terma jamoasini 10:1 hisobida mag`lub etgan futbolchilarimiz ikkinchi uchrashuvda Tojikiston vakillari bilan kuch sinashdi, deb xabar beradi [url=http://sports.uz/uz/]Sports.uz sayti. Keskin va murosasiz kurashlarga boy bo`lgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 5:4 hisobida zafar quchdi. Guruhdagi ikkinchi o`yinda Qirg`iziston va Turkmaniston futbolchilari 2:2 hisobida durang o`ynadi. Ketma-ket ikki o`yinda g`alaba qozonib, olti ochko bilan peshqadamga aylangan O`zbekiston terma jamoasi kelasi yili Vetnamda bo`ladigan Osiyo chempionatining final bosqichiga muddatidan oldin yo`llanma oldi. Hamyurtlarimiz guruhdagi so`nggi uchrashuvni 7 noyabr kuni Qirg`iziston futbolchilariga qarshi o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1