1

Futzal. O`zbekiston - Qirg`iziston — 5:1

Sport 12.11.2013, 09:53
Futzal. O`zbekiston - Qirg`iziston — 5:1
Toshkentda tashkil etilgan futzal bo`yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati Janubiy va Markaziy Osiyo saralash bahslari yakuniga etdi. 7 noyabr kuni «O`zbekiston» sport majmuasida bo`lib o`tgan O`zbekiston va Qirg`iziston terma jamoalari o`rtasidagi o`yinda maydon egalari 5:1 hisobida g`alaba qozonishdi.
O`zbekiston – Qirg`iziston uchrashuvida hisob 7-daqiqada Dilshod Irsaliev tomonidan ochildi. Jamoliddin Sharipov bilan kombinasiya o`ynagan o`yinchi ikkinchi urinishda Nikolay Shamonin darvozasini aniq nishonga oldi. Oradan bir daqiqa o`tar-o`tmas, Artur Yunusov musobaqadagi uchinchi o`yinida ham gol urishga muvaffaq bo`ldi. 11-daqiqaga kelib, Dilshod Irsaliev dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik ko`rinishga keltirdi. Taym yakunlanishi arafasida esa Artur Yunusov ham dublga erishdi.
Birinchi taymda to`rtta gol ko`rgan muxlislar ikkinchi taymda faqat ikkita gol guvohiga aylanishdi. Ushbu bir juft goldan bittasi, baxtga qarshi, O`zbekiston futzal terma jamoasi darvozasiga borib tushdi. Bunga, ko`p jihatdan, tajriba oshirishlari maqsadida Bahodir Ahmedov bir qator yosh futbolchilarni maydonga tushirib, ularga imkon bergani ham sabab bo`ldi. Aynan o`sha yosh futbolchilardan biri – Shahboz Bo`riev 27-daqiqada hisobni 5:0ga etkazdi. Biroq qirg`izlar o`yin yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida hisobni nisbatan qisqartirishga muvaffaq bo`lishdi – Ilyas Cho`tbaev o`z jamoasining saralashdagi ettinchi goliga mualliflik qilib, jamoasining final bosqichiga chiqishini uzil-kesil hal qildi.
Shunday qilib, O`zbekiston, Tojikiston va Qirg`iziston futzal terma jamoalari 2014 yilgi Osiyo chempionati final bosqichi yo`llanmasini qo`lga kiritishdi. Bungacha esa Yaponiya, Tailand, Eron, Vetnam, Xitoy Taypeyi, Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Avstraliya va Malayziya terma jamoalari yo`llanma egasiga aylanishgan edi. Dekabr oyida esa Kuvayt, Livan, Qatar, Iroq va Saudiya Arabistoni termalaridan qaysi uchtasi final bosqichiga chiqishi ma`lum bo`ladi.
Futzal bo`yicha Osiyo chempionati-2014 saralash 
Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi, 2-tur uchrashuvlari 
7 noyabr, payshanba 
O`ZBEKISTON – QIRG`IZISTON 5:1 (4:0) Gollar: Dilshod Irsaliev (7, 11), Artur Yunusov (8, 17), Shahzod Bo`riev (27) – Ilyas Cho`tbaev (37). 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1