1

Zinedin Zidan Fransiya termasining bosh murabbiysiga aylanishi mumkin

Sport 12.11.2013, 09:55
Zinedin Zidan Fransiya termasining bosh murabbiysiga aylanishi mumkin
Agar futbol bo`yicha Fransiya terma jamoasi 2014 yil Braziliyada bo`lib o`tadigan jahon chempionatining final turniriga o`tmasa, jamoa bosh murabbiysi Dide Deshamaning o`rnini Zinedin Zidan egallashi mumkin.
15 va 19 noyabr kunlari o`tkaziladigan tutash o`yinlarda fransuzlar Ukraina jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Tutash o`yinlardagi mag`lubiyat Fransiya futbol federasiyasi uchun Deshamni ishdan bo`shatishga bahona bo`ladi, deya qayd etadi “ITAR-TASS” agentligi mahalliy OAVga tayangan holda.
Qayd etib o`tamiz, Desham Fransiya terma jamoasiga 2012 yildan buyon rahbarlik qiladi. Zidan esa ayni paytda Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiysi Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida ishlamoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1