1

Olimpiada mash`alasi ochiq fazoga olib chiqildi

Sport 12.11.2013, 09:58
Olimpiada mash`alasi ochiq fazoga olib chiqildi
Olimpiada mash`alasi tarixda birinchi marta fazoga olib chiqildi. Afsonaviy qush pati ko`rinishidagi mash`alani XKS bortidan rossiyalik kosmonavtlar fazoga olib chiqdi.


Stansiyaning ichida esa o`ziga xos sport estafetasi o`tkazildi, unda mash`ala stansiyaning barcha ichki xonalari orqali olib o`tildi. Shundan so`ng Oleg Kotov va Sergey Ryazanskiylar mash`ala bilan birga ochiq kosmosga chiqdi. Xalqaro stansiya borti tashqarisidagi ish taxminan bir soat davom etdi. Stansiya qoplamasiga o`rnatilgan kamera kosmonavtlar Sochi Olimpiadasi ramzini qanday qilib bir-biriga berayotganini va erliklarni qutlayotganini suratga oldi. 
Eslatib o`tamiz, Qishki Olimpiada o`yinlari 2014 yil 7-23 fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1