1

Messi kelasi yil yozda “Barselona”dan ketadimi?

Sport 23.11.2013, 15:50
Messi kelasi yil yozda “Barselona”dan ketadimi?
Ispaniya OAVda kutilmagan yangilik paydo bo`ldi: insayderlik manbalarining aytishicha, “Barselona” klubi yaqin orada jamoaning ramziga aylangan o`zining eng asosiy o`yinchisidan mahrum bo`lishi mumkin.

Ispaniyaning “Punto Pelota”  sport teledasturi efirida jurnalist Fransua Galyardo 26 yoshli Lionel Messi joriy sezon yakunlanishi bilan “Barselona”ni tark etishini aytgan.
Ushbu shov-shuvli ma`lumot ijtimoiy tarmoqlarda besaranjomlikni keltirib chiqargan, shundan so`ng Galyardo go`yoki o`ziga ma`lum bo`lgan tafsilotlarni e`lon qilgan. Jurnalistning so`zlariga ko`ra, sentyabr oyi oxirida Messi va uning vakillari “Barselona”
rahbariyati bilan argentinalikning maoshini oshirish to`g`risida muzokaralar olib borib, bu borada prinisipial kelishuvga erishgan.  Biroq bir oydanso`ng klub rozi emasligini bildirgan. Galyardoning ta`kidlashicha, Messining noroziligiga “Barsa”ga taklif etilgan yangi futbolchi Neymarga yiliga 17 million evro maosh taklif etilgani sababchi bo`lgan edi. Bu Messi oladigan maoshdan ancha  ko`p. "Messi bir qarorga kelib bo`ldi. Buning ustiga o`ynaydigan bo`lg`usi klubi bilan ham og`zaki kelishuvga erishdi. Ushbu jamoa Ispaniyaga yaqin mamlakatni taqdim etishini aytishim mumkin ", – deydi “Punto Pelota” muxbiri.

Eslatib o`tamiz, Messining hozirgi maoshi 10,5 million evroni tashkil etadi, “Real” klubi bilan yangi shartnomani imzolagan Krishtianu Ronalduning maoshi esa – 18 million evro. Shuningdek, yana bir futbol yulduzi Zlatan Ibragimovichning ham maoshi oshdi – endi u deyarli 16 million evro pul oladi.

Qayd etib o`tamiz, "Barselona"argentinalik futbolchi faoliyatidagi yagona klub hisoblanadi. Messi 13 yoshidan buyon, ya`ni oilasi Argentinadan Ispaniyaga ko`chib o`tganidan beri, Kataloniya klubi tizimida mashq qiladi. Futbolchi ushbu jamoa uchun jami 436 ta o`yin o`tkazib, 354 marta gol urgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1