1

9-tramvay mojarosi qay tarzda echim topdi?

Jamiyat 26.11.2013, 10:52
9-tramvay mojarosi qay tarzda echim topdi?
[left]21 noyabr kuni Darakchi.uz «9-tramvay mojarolari: Haddidan oshgan haydovchilarning nag`malari qachongacha davom etadi?» sarlavhali [url=http://darakchi.uz/article/223]maqola bergan edi. 
 
Ushbu masala yuzasidan albatta chora ko`rilishini va`da qilgan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasining “2-tramvay deposi” DUK direktor o`rinbosari Abdug`ani Qahhorov bugun mazkur masala muammosini qanday echim topganligi va haydovchiga ko`rilgan chora yuzasidan tahririyatimizga qo`ng`iroq qildi. 
 
“Bo`lib o`tgan holat yuzasida mazkur reys tramvay haydovchisi bilan juda katta tushuntirish ishlari olib borildi va unga nisbatan oyligidan 20 foiz jarima, ya`ni qariyb 200 ming so`m undirish chorasi ko`rildi. Har shanba kuni yig`ilish o`tkazib, depoda mazkur masala, ya`ni haydovchilarning muomala madaniyatini muhokama qilishga qaror qildik. Shu o`rinda yana bir masalani aytib o`tishim o`rinli deb hisoblayman, bugungi kunda tramvay haydovchilari tanqisligi sababli ehtimol shunday vaziyatlarning juda ko`p uchrayotganligiga sabab bo`layotgandir”.
 
Xulosa o`rnida shahar transportidan foydalanuvchi yo`lovchilarga befarqlik bilan bu kabi madaniyatsizlikka qo`l siltab qo`ymasdan birgalikda kurashish zarurligini ta`kidlab, bunday holatlarni quyidagi ishonch telefonlariga 233 54 86 qo`ng`iroq qilib chek qo`yish zarurligini va faqat shundagina sezilarli natijaga erishish mumkinligini ta`kidlashni joiz deb topdik.
 [/left]

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1