1

Los-Anjelesdagi avtosalon yangiliklari (FOTO)

Dunyo 26.11.2013, 14:12
Los-Anjelesdagi avtosalon yangiliklari (FOTO)
Los-Anjelesda bo`lib o`tadigan avtosalon an`anaga ko`ra AQShdagi eng yirik ko`rgazma hisoblanmaydi.

Biroq, shunga qaramasdan, bu yilgi avtoshou kamida 9 ta taqdimot uchun maydonchaga aylanadi. Odatda avto ishlab chiqaruvchilar Los-Anjelesga tez orada avtosalonlarda paydo bo`ladigan mashinalarni olib keladi. Konseptlar esa bu erda kam bo`ladi. Bu yil yangi avtomobillarning
taqdimoti BMW, Chevrolet, Ford, Acura, Mercedes-Benz, Mini, Porsche va Subaru
stendlarida o`tkazildi.

Subaru WRX
Birinchilardan bo`lib ikki litrli turbomotor o`rnatilgan yangi Subaru WRX taqdim etildi. Uning quvvati 360 ot kuchini tashkil etadi. Mashina olti bosqichli mexanik uzatish qutisi yoki
variator bilan jihozlangan bo`lib, dastlabki 100 metrni 5,4 soniya ichida zabt etadi.


 
Subaru Legacy Concept
Subaru mutaxassislari bo`lg`usi Legacy sedanidan nimalar kutish kerakligini ham namoyish etdi. Avtoshouda jiddiy faralar, kupesimon profilga ega yangi konsept-kar taqdim etildi. Unga ramkasiz eshiklar qaytishi mumkin. Bunday Legacy avtomobiliga nima deysiz?


 
Chevrolet Colorado
Kelasi yil kuzidan boshlab Chevrolet pikaplar olamiga qaytmoqda. To`g`ri, yangi Colorado avtomobili shu nomli global pikapning oxirigacha ishlangan versiyasi, xolos. U o`tgan yildan buyon Tailand va Braziliyada ishlab chiqarilmoqda.


 
Ford Edge
Hozircha yangi Ford Edge faqat konsept-kar ko`rinishida taqdim etilgan. U  Fusion va Mondeo sedanlarining S/D platformasida yaratildi.


 
Mercedes GLA 45 AMG
Mercedes ham amerikaliklarga premium-krossoverni namoyish etdi — AQShda GLA modelining savdolari boshlanmoqda. Shuningdek, avtosalonda CLA 45 AMG sedanidagi kabi ikki litrli 360 ot kuchiga ega turbomotor, etti bosqichli “robot” va to`liq yuritma bilan jihozlangan GLA 45 AMG modelining seriya oldi versiyasi ham taqdim etildi.


 
Mercedes brendidan AMG Vision GT konsept-kari
Los-Anjelesga AMG Vision GT konsept-kari ham olib kelindi – u SLS AMG kupesiga almashadi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, ushbu konsept-kar GranTurismo o`yinining yangi versiyasi chiqishiga maxsus yaratilgan bo`lib, hamyonbop mashinalar ro`yxatidan o`rin oladi.


 
 
Kia K900
Nihoyat, Kia kompaniyasi  Quoris sedanini Amerikada sotishga qaror qildi. Bu erda unga K900 nomi beriladi. Endi ushbu avtomobilga quvvati 420 ot kuchiga ega 5.0 V8 atmosferali motor o`rnatiladi, biroq qolgan texnika o`zgarmaydi.


 
Honda FCEV Concept
Honda o`z vodorodmobilining ikkinchi avlodini chiqarishga tayyorgarlik ko`rmoqda. FCEV konsept-kari uning nishona modeliga aylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1