1

Eng zo`r sportchi oila aniqlanadi

Jamiyat 26.11.2013, 14:22
Eng zo`r sportchi oila aniqlanadi
27-28 noyabr kunlari poytaxtimizning “Qushbegi” sport majmuasida “Sog`lom oila – sog`lom kelajak” oilaviy sport o`yinlarining Respublika bosqichi o`tkaziladi.
 
Musobaqalar 2 bosqichda o`tkazilib, uning ilk viloyat bosqichi tuman jamoalari o`rtasida 20-30 sentyabr kunlari o`tkazildi. G`oliblikni qo`lga kiritgan oilaviy jamoalar Respublika bosqichiga yo`llanma oldi. 
 
Oilaviy sport o`yinlarida yugurish, akrobatika, nishonga otish estafetasi, kim chaqqon va mergan, mohir o`qotar, arqon tortish, chaqqon ona hamda epchil qiz shartlari bo`yicha bellashishadi.
 
Tadbirdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad oila a`zolarning jismonan baquvvat, barkamol va sog`lom bo`lishiga va umumiy ish qobiliyatini o`sishiga erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishni oilalarning kundalik turmush tarziga singdirish, oila a`zolarini turli sport o`yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, ular safini kengaytirish, oilalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, mahallalardagi oilalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, sport bilan muntazam shug`ullanayotgan oilalarni aniqlab, ular o`rtasida musobaqalar o`tkazish hamda
ommaviy axborot vositalari orqali targ`ibot etish orqali boshqa oilalar faolligini kuchaytirishga erishishdir.
 
Tadbirga Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi va “UT BANK” YoAJ homiylik qildilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1