1

AQSh Afg`onistondan qo`shinlarini olib chiqmoqchi

Dunyo 26.11.2013, 14:32
AQSh Afg`onistondan qo`shinlarini olib chiqmoqchi
AQSh 2014 yildan keyin Afg`onistondan qo`shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi.

Agar prezident Hamid Karzay yaqin kunlarda mamlakatlar o`rtasidagi ikki tomonlama kelishuvga imzo chekmasa, AQSh qo`shinlarini to`liq olib chiqib ketadi. 

 Ushbu bayonot 25 noyabr kuni AQSh prezidentiningmilliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Syuzan Rays tomonidan Karzayning o`zi bilan kechgan suhbat chog`ida bildirildi, deyiladi Oq uyning rasmiy saytida. Siyosatchilar o`rtasidagi uchrashuv Qobulda bo`lib o`tdi. 

Rays xonimning izoh berishicha, shartnomani imzolashni kechiktirish vaziyatni “AQSh va NATOga 2014 yildan keyin Afg`ongistonda harbiylarini qoldirishni rejalashtirish uchun zarur bo`lgan oydinlikdan” mahrum etadi. Bitim Amerika harbiylariga asosiy qo`shinlar olib chiqilganidan keyin mamlakatdagi qonunni himoya qilish imkonini berishga qaratilgan, deya eslatadi Rays.

Ushbu bayonot muzokaralar chog`ida Karzay tomonidan ilgari surilgan yangi shartlar fonida yangradi. Xususan, Afg`oniston prezidenti AQShdan oddiy fuqarolarning uyida harbiy amaliyotlarni to`xtatishni hamda mamlakatga Guantanamo qamoqxonasida saqlanayotgan afg`onlarni qaytarishni talab qilgan, deya xabar beradi “Reuters”. Bundan tashqari, Karzay shartnomani 2014 yil aprel oyida prezidentlik saylovlari o`tkazilganidan keyingina imzolagan ma`qul ekanini ham bildirgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1