1

Hisoblagichlarni qachon tekshirilishni aytishdi

Jamiyat 26.11.2013, 14:58
Hisoblagichlarni qachon tekshirilishni aytishdi
Hisoblagichlarini davlat tomonidan majburiy tekshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
 
Milliy matbuot markazida o`tkazilgan tadbir «O`zstandart» agentligi, «O`zkommunxizmat» agentligi, «O`zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi va «O`ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi. 
 
Foydalanilayotgan gazni hisoblash moslamasini to`rt yilda bir marta tekshiruvdan o`tkazish zarur. Xususan, «Toshkentshahargaz» boshqarmasining ko`plab tuman bo`limlari hisoblash moslamasini tekshirishga olib kelishni iste`molchilar zimmasiga yuklamoqda. Bu esa yong`in xavfsizligi qoidalariga mutlaqo ziddir. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, iste`molchi gaz hisoblash moslamasini o`zicha almashtirishi yoki echib olishi mumkin emas, balki bu ishni «Toshkentshahargaz» boshqarmasining tegishli malakaga ega mutaxassislari amalga oshirishi shart. Buning uchun iste`molchi boshqarmaning tuman bo`limiga ariza bilan murojaat qilgandan so`nggina moslama tamg`asini buzish mumkin. «O`zstandart» agentligi vakillari esa hisoblash moslamasi echib olingani haqidagi hujjat bo`lmasa, uni tekshirish mumkin emasligini qayd etdi.

Tadbirda ishtirokchilar e`tiboriga shahar gaz ta`minotida foydalanilayotgan zamonaviy hisoblash moslamalari havola etildi.
 
Aholi xonadonlarida tabiiy gaz sarfini aniq hisobga olish uchun haroratni ham ko`rsatadigan moslamalar o`rnatilmoqda. Bu moslamalar himoya vositasi va haroratni nazorat qilish qurilmasiga ega. Ular «Toshkentshahargaz» boshqarmasi xodimlari tomonidan xavfsizlik qoidalariga muvofiq iste`molchi hisobidan o`rnatilmoqda. Iste`molchi, o`z navbatida, moslama uchun belgilangan mablag`ni biryo`la yoki bo`lib-bo`lib to`lashi mumkin. Poytaxtimizda xususiy iste`molchilarning 80 foizi va yuridik iste`molchilarning 100 foizi shunday moslamalar bilan ta`minlangan.
 
Elektron hisoblash moslamalaridan foydalanish ham davlat, ham iste`molchi uchun foydalidir. Ular ishlatilayotgan gaz miqdorini aniqlash, flesh-kartalar yordamida oldindan pul to`lash imkonini beradi.
 
Bundan tashqari, xonadonlar ichiga o`rnatilgan gaz tarmoqlari, uskuna va hisoblash moslamasining texnik holatini ta`minlash, ulardan xavfsiz foydalanishga doir ishlar ham amalga oshirilmoqda. Aholi xonadonlariga o`rnatilgan barcha turdagi hisoblash moslamalari to`rt yilda bir marta, korxonalarda esa ikki yilda bir marta davlat tomonidan tekshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1