1

AQSh KXDRga nisbatan sanksiyalar joriy etadi

Dunyo 26.11.2013, 16:21
AQSh KXDRga nisbatan sanksiyalar joriy etadi
Agar Pxenyan o`zining yadro dasturidan voz kechmasa, Vashington Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etishga tayyor. 

Bu haqda AQShning KXDR bo`yicha maxsus vakili Glin Devis ma`lum qildi.

"Agar biz KXDRda samimiylik alomatlarini ko`rmasak, agar ular o`z majburiyatlarini bajarishi va yadro qurolidan voz kechishi kerakligini anglab etganini namoyish etmasa, unda
Pxenyanga yanada ko`proq bosim o`tkaziladi”, - deydi Devis Tokioda bo`lib o`tgan jurnalistlar bilan uchrashuvda. 

"Bir paytning o`zida Pxenyanning o`z dasturini bajargan holda muzokaralarga kirishishi mutlaqo nojoizdir”, - ta`kidlaydi u.

Bundan oldin Devis Pxenyan Koreya yarim orolini yadro qurolidan ozod etish bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmagunicha, Qo`shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan olti tomonlama muzokaralarni tiklamasligini bildirgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1