1

10 foizli sirka kislotasi chakana savdodan olindi

Jamiyat 26.11.2013, 16:40
10 foizli sirka kislotasi chakana savdodan olindi
Sirka kislotasini chakana sotish va iste`mol qilishda yangi talablar joriy qilindi. 
 
Mazkur talablar aholi xavfsizlik talablarini ta`minlash, fuqarolarning sog`lig`ini muhofaza qilish maqsadida qaror qabul qilindi.
 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga qo`shimcha va o`zgartirish kiritish to`g`risida”gi 306-sonli qaroriga muvofiq chakana savdo qoidalari o`zgartirildi.  Xususan, Qoidalarga mazmundagi 471-band qo`shilgan. 
 
Ya`ni endi oziq-ovqat mahsulotlariga qo`shiladigan 10 foizdan ortiq konsentrasiyali sirka kislotasini chakana savdoda sotishga yo`l qo`yilmaydi. 
 
Davlat soliq qo`mitasiga “O`zstandart” agentligi va Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda chakana savdo tarmog`idagi oziq-ovqat mahsulotlariga qo`shiladigan 10 foizdan ortiq konsentrasiyali sirka kislotasi sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotni olib qo`yish bo`yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko`rish topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1