1

Xitoylik ayol vazni 6 kg lik polvon bolani dunyoga keltirdi (VIDEO)

Dunyo 26.11.2013, 17:03
Xitoylik ayol vazni 6 kg lik polvon bolani dunyoga keltirdi (VIDEO)
Xitoyda vaznideyarli 6 kilogrammni takshil etuvchi chaqaloq tug`ildi.

Bu XXRda tug`iladigan o`rtachastatistik bolaning vaznidan deyarli ikki baravar og`ir. 27 yoshli onaning so`zlariga ko`ra, hamma gap u homiladorlik paytida tutgan parhezda, deb yozadi “Mirror” nashri.

Shanxaylik ayolning aytishicha, u kasalxonalardan birida saqlanish uchun yotganida har kuni bir stakan sut, bitta xom tuxum va juda ko`p meva iste`mol qilgan ekan. Ayol odatdagidan ko`ra ko`proq ovqatlangan va bu yirik chaqaloqning tug`ilishiga olib kelgan.

Ayni paytda chaqaloq shifokorlar nazorati ostida. U sog`lom, hayotiga hech nima tahdid solmayapti. Shu o`rinda, bu Xitoyda tug`ilgan yagona polvon bola emasligini qayd etish joiz. O`tgan yili Sinsyan shahrida tug`ilgan Chan Chan ismli o`g`il bolaning vazni 7 kilogrammdan ortiq bo`lgan.  

<center><iframe width="560" height="315" src="//www.youtube.com/embed/tLfHM7emVFw" frameborder="0" allowfullscreen></iframe></center>

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1