1

San-Pauluda “JCh-2014” uchun qurilgan maydon tomi qulab tushdi (FOTO)

Sport 29.11.2013, 16:18
San-Pauluda “JCh-2014” uchun qurilgan maydon tomi qulab tushdi  (FOTO)
San-Paulu shahrida2014 yil Brazaliyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati uchun qurilayotgan “Itakeran” stadioni tomining bir qismi qulab tushdi. Falokat
natijasida ikki kishi – kran mashinisti va yuk mashinasining haydovchisi halok bo`lgan.



San-Paulu ma`muriyati, “Korintians” klubi rahbariyati va bosh pudratchi hisoblangan "Odebrext" xoldingi tashabbusi bilan boshlangan dastlabki tergov ma`lumotlariga ko`ra,
tomning qulashiga temir konstruksiyalarning oxirgi modulini montaj qilish paytida
foydalanilayotgan minora kranining yiqilishi sababchi bo`lgan. 



Voqea natijasida stadionning fasad va tribuna qismlari hamda tomning bir qismi shikastlangan.



Guvohlarning so`zlariga ko`ra, agar falokat tushlik paytida yuz bermaganida, qurbonlar soni
ko`proq bo`lishi mumkin edi.



"Korintians" klubi halok bo`lganlarning oilasiga ta`ziya bildirib, etti kunlik motam e`lon
qildi. Shuningdek, FIFA rahbariyati ham hamdardlik so`zlarini aytib o`tdi.




Qayd etib o`tamiz, “Itakeran” stadioni qurilishi 2011 yil iyunida boshlangan bo`lib, rejaga ko`ra shu yil dekabr oyida yakunlanishi lozim edi. U “Korintians” klubining uy maydoniga
aylanishi ko`zda tutilgandi – “Korintians arenasi” nomi ham shundan kelib chiqqan. mEslatib o`tamiz, 2014 yilgi futbol bo`yicha jahon chempionatining ochilishi va birinchi o`yini bu erda iyun oyida bo`lib o`tadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1