Shavkat Mirziyoev 2017 yil 17 noyabr kuni “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni qabul qildi.
Qaror bilan asosiy vazifalaridan biri maqom san`atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an`analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o`rganish va qayta tiklash bo`lgan O`zbek milliy maqom san`ati markazi tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga qaror bilan O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi va mazkur dasturni amalga oshirish bo`yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.