O`zbekiston maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin Prezident Shavkat Mirziyoev 22 noyabr kuni davlat tashrifi bilan borgan Koreya Respublikasida uchrashuv va muzokaralar olib bordi.
«Maktabgacha ta`lim vazirligi - bu mutlaqo yangi mahkama, biz qariyb noldan ish boshladik va biz uchun xorijiy, jumladan koreys tajribasi juda muhim», - dedi Agrippina Shin.
Bugun Seulda O`zbekistonga 2000 dona pianinoni beg`araz taqdim etish to`g`risidagi shartnomaning imzolanishi kutilmoqda. Bu «farzandlarimizning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi», dedi Agrippina Shin. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri ma`lum qilmoqda.