1

​ShAVKAT MIRZIYoEVNING PREZIDENTLIK FAOLIYaTINING BIRINChI YILI HAQIDA KOREYaDA KOREYS TILIDA KITOB ChOP ETILDI

Siyosat 23.11.2017, 09:37
​ShAVKAT MIRZIYoEVNING PREZIDENTLIK FAOLIYaTINING  BIRINChI YILI HAQIDA KOREYaDA KOREYS TILIDA KITOB ChOP ETILDI

Koreya Respublikasida Shavkat MirziyoevningO`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev” nomli kitob chop etildi.

2017 yil 20 noyabr kuni nashr etilgan ushbu kitob 8 bo`limni o`z ichiga olgan 320 ta sahifa va ko`plab suratlardan iborat bo`lib, 50 ming nusxada chop etildi.

Nashrda Shavkat Miromonovich Mirziyoevning avval O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, so`ng Prezident lavozimidagi faoliyati haqida batafsil ma`lumot berilgan. Prezidentning O`zbekiston va xorijda so`zlagan nutqlaridan, jumladan, inaugurasiya marosimida, Konstitusiya bayramida, BMT Bosh assambleyasidagi nutqidan hamda yangi yil bayrami tabrigidan iqtiboslar keltirilgan.

Kitobda Prezident Mirziyoev tashabbusi bilan barcha sohalarda boshlangan juda muhim islohotlarning tahliliga katta e`tibor qaratilgan. Iqtisodiyotning liberallashuvi, xorijiy investisiyalarni jalb qilish va himoyalash bo`yicha aniq chora-tadbirlar, valyuta bozorini liberallashtirish, aholining ijtimoiy himoyasi, mamlakat viloyatlariga nisbatan yangi siyosat, so`z erkinligi va konstitusiyaviy huquq tamoyillarini himoya qilish, jamiyatda kuzatilayotgan umumiy demokratlashtirish va liberallashuv, bularning barchasi Prezident Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan yangi islohotlarning dastlabki natijalaridir.

Kitobning “2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi” nomli bobini muallif katta qiziqish bilan alohida tahlil qilgan.

Shuningdek, O`zbekiston Prezidentining tashqi siyosatdagi mintaqaviy hamkorlikning yangi impulsiga turtki bo`lgan, O`zbekistonning qo`shni davlatlar bilan aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqan tashabbuslari haqida so`z boradi. O`tgan bir yil davomida Prezident Mirziyoevning xorijiy davlatlarga tashrifi, O`zbekistonga tashrif buyurgan bir necha davlat rahbarlari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar etakchilari bilan bo`lib o`tgan muzokaralari haqida batafsil ma`lumot berilgan.

Shu kunlarda koreys diasporasining O`zbekistonda istiqomat qilayotganiga 80 yil to`lmoqda va bu sana mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Kitob muallifi O`zbekiston va Janubiy Koreya o`rtasida gumanitar sohada uzoq yillardan buyon davom etayotgan mustahkam do`stona munosabatlarni chuqur hayajon bilan hikoya qiladi.

Kitobda O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasidagi ko`p yillik muvaffaqiyatli savdo-iqtisodiy hamkorlikka ham keng o`rin berilgan.

Kitob muallifi haqida:

ChoCholXyon- Inchxon oliy maktabi va Koreya xorijiy tillar instituti bitiruvchisi. 1989-1995 yillarda Koreya televidenie, radioeshittirish va kommunikasiya uyushmasida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. 2003-2016 yillarda “OnbookTV” koreys telekanalining raisi lavozimida ishlagan. Noshirlik va adabiyot mavzularida hujjatli filmlar, bir nechta roman va esselar muallifi. Nashriyot madaniyatini rivojlantirishga qo`shgan munosib hissasi uchun 2014 - yilda Koreya Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Nashriyot haqida:

Kitob Koreya Respublikasida OAV sohasidagi yuridik shaxs sifatida ro`yxatdan o`tgan “UzKorEconomyMediaGroup” tomonidan chop etilgan. Nashriyot tarkibida “UzKorEconomy” (www.uzkoreconomy.com) – koreys tilida O`zbekistonning iqtisodiy- siyosiy, gumanitar va ma`naviy sohalarda ro`y berayotgan o`zgarishlar va yangiliklarni tezkor ravishda yoritib boruvchi internet-gazetasi ham faoliyat olib bormoqda. Yaqin kunlarda nashriyot 2 haftada bir marta hajmi 100 sahifalik “UzKorEconomy” bosma jurnalini chop etishni rejalashtirgan.

Quyida kitobdan bir nechta iqtiboslarni e`tiboringizga havola etamiz:
“...2016 - yil 31- dekabr... Bu kun O`zbekiston fuqarolari uchun hayajonli va unitilmas bo`ldi. Odatda, yangi yil arafasida nafaqat bolajonlar, balki kattalar ham o`zgacha kayfiyatda bo`ladilar. … Bayram dasturxonini tayyorlash bilan band bo`lgan bir paytdahar bir inson o`tayotgan yil sarhisobini xayolidano`tkazadi. Ko`z oldida surat va raqamlarda yilning eng muhim va asosiy voqealari o`tadi. Va asta-sekin yangi yilga reja va hisob-kitoblar qilinadi. Yangi umidlar, yangi orzular paydo bo`ladi. Xo`sh, o`zbekistonliklar uchun o`tayotgan yilning so`nggi kuni nimasi bilan o`zgacha bo`ldi? Baland ovozlar bilan soat tunggi o`n ikkiga qo`ng`iroq urishidan bir necha daqiqa oldin mamlakat tarixida birinchi bor televidenie orqali yangi yil tabrigi bilan xalqqa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhtaram Shavkat Mirziyoev yuzlandi. Atrofda chiroyli yashil archalar, Muhtaram Prezident Senatning qordek oppoq binosi fonida O`zbekiston xalqini bayram bilan qutladi. Yulduzli, musaffo osmon, oy yarqirabturar edi. Prezident ikki tilda, o`zbek va rus tillarida samimiyat va ishonch bilan xalq qalbiga juda yaqin bo`lgan tuyg`ularhaqida gapirdi. U qog`ozdan o`qimadi, u xalqqa samimiy murojaat qildi. Butun mamlakat, butun xalq televizorga yuzlandi. Uylarda sokinlik hukm surar edi. Axir, tarixda bunaqasi hech qachon bo`lmagan edi...”

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1