1

ShAVKAT MIRZIYoEV JANUBIY KOREYa - O`ZBEKISTON BIZNES-FORUMIDA IShTIROK ETDI

Siyosat 23.11.2017, 09:40
ShAVKAT MIRZIYoEV JANUBIY KOREYa - O`ZBEKISTON BIZNES-FORUMIDA IShTIROK ETDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi. Bu haqda O`zAA xabar berdi.

Davlatimiz rahbari 23 noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, etakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya –O`zbekiston biznes-forumida qatnashdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning forum ishtirokchilariga qutlovi o`qib eshittirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev so`zga chiqib, ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgani, O`zbekistonda biznes yuritish uchun etarli sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi. Koreya Respublikasi biznes vakillari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta`kidladi.

Janubiy koreyalik moliya va ishbilarmon doira vakillari O`zbekistonda faol biznes yurtish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma`lum qildi.

So`zga chiqqanlar ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida janubiy koreyalik sarmoyadorlarlar faoliyati muhim o`rin tutayotganini ta`kidladi.

Koreya Respublikasining O`zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investisiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshgan. Yurtimizda mazkur mamlakat kapitali ishtirokida 461 korxona foaliyat yurtitmoqda.

Mazkur korxonalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, qazish, mashansozlik, elektrotexnika hamda to`qimachilik sohalarida, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, transport va logistika hamda turizm yo`nalishlarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1