1

​“O`ZBEKISTON PREZIDENTINING NUTQI VA SAMIMIY MULOQOTI MENI HAYRATDA QOLDIRDI”

Siyosat 23.11.2017, 10:27
​“O`ZBEKISTON PREZIDENTINING NUTQI VA SAMIMIY MULOQOTI MENI HAYRATDA QOLDIRDI”
Kim Dong Yon, Koreya Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, strategiya va moliya masalalari vaziri:
— O`zbekiston Prezidentining nihoyatda ochiq va samimiy nutqi, Koreya sarmoyadorlari bilan o`tkazgan muloqoti meni hayratda qoldirdi. Prezident nutqining ijobiy quvvati forumning har bir ishtirokchisi, shu qatorda menga ham ko`chdi.
Shavkat Mirziyoev biznesda har bir jihatni unutmagan holda ikki tomonga manfaat olib keluvchi tashabbuslarni ilgari surmokda. O`zbekiston rahbari koreya biznes doiralari vakillariga mamlakat investision muhitida ochiqlik va shaffoflikni so`zsiz ta`minlanishini alohida ta`kidladi. O`tgan bir yil davomida O`zbekistondagi iqtisodiy, moliyaviy sohadagi katta o`zgarishlarni kuzatmoqdamiz. O`ylaymanki, bugun oliy darajada bo`lib o`tgan biznes-forum yuzlab investorlarga yangi biznes g`oyalarni beradi. Ular o`zlari uchun yangi O`zbekiston bozorini kashf qilishiga inshonaman. Koreya O`zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanish yo`lidagi dadil harakatlarini qo`llab-quvvatlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1