1

O`ZBEKISTON VA QOZOG`ISTON PREZIDENTLARI BIR-BIRLARINI QUTLADILAR

Siyosat 23.11.2017, 12:58
O`ZBEKISTON VA QOZOG`ISTON PREZIDENTLARI BIR-BIRLARINI QUTLADILAR

O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar. Qozog`iston Prezidenti Nursulton Nazarboevning qutlovida ushbu tarixan qisqa davrda mamlakatlarimizning o`zaro hamkorligi borasida salmoqli natijalarga erishilgani qayd etilgan.

"Bugungi kunda Qozog`iston va O`zbekiston siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama va ko`p qirrali o`zaro aloqalarning namunaviy modelini namoyish qilgan holda, butun Markaziy Osiyo mintaqasining yanada taraqqiyotini ta`minlaydigan mustahkam poydevor yaratmoqda, deb ta`kidlanadi qutlovda. – Joriy yilda Sizning Ostona shahriga tashrifingiz va mening Toshkentga tashrifim mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ulkan hissa qo`shdi. Ularning natijalari munosabatlarimizni sezilarli ravishda kengaytirib, hamkorligimizning yangi ustuvor yo`nalishlarini belgilab berdi".

Nursulton Nazarboev Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasidagi samarali strategik sheriklik asrlar davomida do`stlik va hamjihatlikda yashab kelayotgan xalqlarimiz farovonligi yo`lida bundan buyon ham yanada jadal rivojlanib borishiga qat`iy ishonch bildirgan.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qutlug` sana –diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yo`llagan qutlovida bunday deyiladi: "Chindan ham tarixiy ushbu muhim voqelik mamlakatlarimiz o`rtasida do`stlik va yaxshi qo`shnichilik aloqalarini mustahkamlash, Abadiy do`stlik va Strategik sheriklik to`g`risidagi shartnomalar asosida o`zaro manfaatli va ko`p qirrali hamkorlikni izchil rivojlantirishga mustahkam poydevor yaratdi".

"Joriy yilda bo`lib o`tgan oliy darajadagi samarali uchrashuv va muzokaralar O`zbekiston – Qozog`iston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishga imkon yaratdi, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitdi. Muvaffaqiyatli hamda samarali o`zaro aloqalarning zamonaviy bosqichi qardosh o`zbek va qozoq xalqlarining manfaatlariga to`liq javob beradi, butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va taraqqiyotni ta`minlashga xizmat qiladi", deb qayd etiladi qutlovda.

Davlatimiz rahbari har tomonlama, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalar bundan buyon ham faol kengayib va rivojlanib borishiga qat`iy ishonch bildirgan. "Bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz", deb ta`kidlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1