1

“SAMAVTO”DA 30 MINGGINChI AVTOMOBIL IShLAB ChIQARILDI

Iqtisodiyot 25.11.2017, 09:47
“SAMAVTO”DA 30 MINGGINChI AVTOMOBIL IShLAB ChIQARILDI

Samarqand avtomobil zavodida o`ttiz minginchi avtomobil – SAZ HC45 markali avtobus ishlab chiqarildi.

Shu munosabat bilan korxonada o`tkazilgan tantanali marosimda “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati, Yaponiyaning ISUZU Motors kompaniyasi va Itochu korporasiyasi vakillari, zavod jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

– Samarqandlik avtomobilsozlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotganimizga ko`p vaqt bo`lmagan bo`lsa-da, qisqa davrda nafaqat biznes hamkor, balki bir jamoa sifatida O`zbekiston avtosanoatida o`z munosib o`rnimizga ega bo`ldik, – deydi ISUZU Motors kompaniyasi vakili Goda Kazuo. – Shu sababli bundan ikki yil avval – 2015 yil fevral oyida zavodning 20 mingginchi avtomobili chiqarilishini birgalikda nishonlagan bo`lsak, bugun hamkorligimiz mahsuli bo`lgan 30 mingginchi avtomashinaga guvoh bo`lib turibmiz. Kelgusida 50, 100 mingginchi avtomobillar chiqarilishini ham ana shunday tantana qilishni istaymiz va bu borada o`zbekistonlik hamkasblarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Taqdimot marosimi doirasida mehmonlar zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi hamda yangi avtobuslarning test-drayv ko`rigida qatnashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1