1

O`ZBEKISTONDA SMART-TURIZM RIVOJLANADI

Jamiyat 09.01.2018, 22:58
O`ZBEKISTONDA SMART-TURIZM RIVOJLANADI

O`zbekiston respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi madaniy meroslarimiz saqlanadigan davlat muzeylarida smart-texnologiya konsepsiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi .

2017 yil 6-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi hamda “Tehno Dargoh” MChJ o`rtasida uch tomonlama kelishuv memorandumi asosida, Buxoro viloyatining 50 ga yaqin (Poyi Kalon ansambli, Gavkushon madrasasi, Ko`kaldosh madrasasi, Toqi sarofon, Toqi telpakfurushon, Toqi zargaron savdo toqlari, Lavi hovuz majmuasi, Nasriddin Afandi haykali, Nodir Devonbegi madrasasi, Yahudiylar Sinagogasi, Somoniylar maqbarasi, Ark qo`rg`oni va boshqalar) tarixiy ob`ektlarida QR kod o`rnatildi.
Ushbu loyihaga ko`ra viloyatning SMART turizm viloyati sifatida xalqaro turizm bozoridagi imidjni oshirish va sayyohlarga qulaylik yaratish uchun

IT -texnologiyalardan faol foydalanish maqsadida «VERUM QR» qo`shma loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichi boshlandi.
O`rnatilgan QR kod lar 1 aprel kuniga qadar 12 ta tilda ob`ekt haqidagi ma`lumotlarni mahalliy va xorijiy sayyohlarga 3 soniyada taqdim etadi.
O`rnatish ishlarida “Tehno Dargoh” MChJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur kodlar o`rnitilgani zahotiyoq, mahalliy va xorijiy mehmonlarga katta qiziqish uyg`otdi.
Mazkur loyihalarni takomillashtirish maqsadida 2018 yilning fevral oyida qo`shimcha turistik tashkilotlar (mehmonxona xo`jaligi, restoranlar hamda arxeologik ob`ektlar)ga ham mazkur shakldagi kodlar o`rnatilishi belgilab olindi.

Ayni kunlarda smart-texnologiyalarni madaniy meroslar saqlanuvchi davlat muzeylariga o`rnatish masalalari ko`rib chiqilmoqda. Shunday qilib, Buxoroda o`tkazilgan tajribadan mamlakatimizning boshqa hududlarida foydalanish ko`zda tutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1