1

Yangi ko`krak nishoni. U bilan kimlar taqdirlanadilar?

Jamiyat 28.06.2018, 14:21
Yangi ko`krak nishoni. U bilan kimlar taqdirlanadilar?

Prezident qarori bilan “Namunali tomorqachi” ko`krak nishoni ta`sis etildi.

“Namunali tomorqachi” ko`krak nishoni bilan qishloq xo`jaligi sohasiga zamonaviy innavasion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni etishtirish va ichki bozorni ular bilan barqaror ta`minlash, yangi serhosil navlarni ko`paytirish ishlariga munosib hissa qo`shayotgan ilg`or tomorqa er egalari taqdirlanadilar.

“Namunali tomorqachi” ko`krak nishoni bilan taqdirlash bo`yicha takliflar tuman qishloq xo`jaligi bo`limi, fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig`inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1