1

AMIR TEMURNING DUNYo XIROJIGA TENG JAVOHIRI

Moziydan sado 28.09.2019, 13:23
AMIR TEMURNING DUNYo XIROJIGA TENG  JAVOHIRI

Bugun dunyoning turli hududlarida o`zbek xalqiga tegishli bo`lgan noyob boyliklar, bebaho xazinalar, moddiy va ma`naviy meros namunalari saqlanmoqda.

Shulardan biri Buyuk Britaniyada saqlanayotgan, bir paytlar Sohibqiron Amir Temurga tegishli bo`lgan qimmatbaho tosh “Temur yoquti” dir. 361 karat (72 gramm) vaznga ega bo`lgan bu tosh ko`pchilik mutaxassislarning aytishicha aslida yoqut emas, balki la`l (javohir) sanaladi. U o`z davrida juda yuqori narxlarga baholangani uchun o`rta asrlarda “Xiroji olam”, ya`ni dunyoning xirojiga teng tosh deb ham nomlangan.

Har bir qimmatbaho toshning o`ziga yarasha tarixi bor. “Temur yoquti” ham asrlar davomida turli taloto`plarga, hatto qonli qirg`inlarga sababchi bo`lib kelgan. Javohirda turli davrlarda mohir zargar va xattotlar tomonidan o`yib yozilgan olti hukmdor (Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Shoh Abbos, Jahongir, Shoh Jahon, Ahmadshoh) nomini uchratish mumkin bo`lsa-da, aslida u o`nlab sulolalar va hukmlorlarning qo`lida saqlanib kelgan. U haqida turli afsona va rivoyatlar ham to`qilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Afg`oniston taxti vorisi Shujoulmulk bu yoqut bilan birga Lahor rojasi Ranjit Singx huzuriga boradi. Roja bir umr Shujoulmulkni o`z himoyasiga olish evaziga yoqutni qo`lga kiritadi. 1849 yilda Lahor inglizlar tomonidan egallangach yoqut Londonga jo`natiladi. 1853 yilda“Temur yoquti” Qirolicha Viktoriya uchun maxsus yasalganzebigardonga bezak sifatida o`rnatilgan. Ayni paytda “Temur yoquti” Bukingem saroyidagi “Hindiston xonasi”da saqlanadi.

Mazkur qimmatbaho javohir tarixi bilan tez orada Darakchi” gazetasi sahifalarida batafsil tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1