1

Siz Jaloliddin Manguberdi haqida bilasizmi?

Moziydan sado 09.11.2019, 11:02
Siz Jaloliddin Manguberdi haqida bilasizmi?

Jaloliddin Manguberdi 1198 yilda tavallud topgan bo`lib, so`nggi xorazmshoh hisoblanadi. Uning otasi xorazmshohlar mamlakati hukmdori Sulton Alovuddin Muhammad bo`lgan.

Jaloliddin harbiy muhitda ulg`aygan va jang san`atini erta o`zlashtiradi. G`azna (hozirgi Afg`oniston) uning qaramog`ida bo`lishiga qaramay, otasi fitnalardan saqlanib, o`g`lini o`zini oldida Gurganjda ushlab turadi. Ammo, yosh Jaloliddin dushmanlar bilan tinimsiz janglar bo`lib o`tuvchi chegaraga chiqishga harakat qilardi.

Chingizxonning rejalashtirgan bosqinidan xabardor bo`lib, Jaloliddin otasidan qo`shinini Sirdaryoga qo`yib, dushmanni o`sha erda kutib olishini so`raydi, lekin otasi himoya devorlari va qal`asi dushmanni mamlakatga qo`ymasligiga amin bo`ladi va qo`shin to`plamaslikka qaror qiladi. Mo`g`ullar shaharni shiddat bilan bosib oladi. Avvaliga, 1220 yil Buxoro, keyin Samarqand o`rab olinadi. Jiddiy xastalangan Muhammad Kaspiyga qochadi. Uchta o`g`lini to`playdi, Jaloliddinning beliga o`z shamshirini osib, uni taxt vorisi etib tayinlaydi va boshqa ukalarini akasiga itoat qilishlarini undaydi. Muhammadning o`limidan so`ng Jaloliddin taxtga o`tiradi, lekin Gurganj aslzodalari yangi hukmdorni bepisand qilib, xalq madadidan chetda qoldirishadi.

Jaloliddin uch yuz sodiq turkman jigitlaridan iborat qo`shin to`playdi va Xurosonga yo`l oladi. Niso atrofida ular etti yuz kishilik mo`g`ul qo`shinini kutib olishadi va ularni osonlikcha engishadi.

Jaloliddin vasiyat qilib qoldirilgan eri tomon yo`l olarkan, Marv noibi Xon Malik va uning qirq ming kishilik lashkari, turkman xoni Sayfiddin va uning qirq ming kishilik lashkari bilan ittifoqdosh tutinadi. Qandahor yaqinida birlashgan lashkarlar qo`shini mo`g`ullarni yo`q qiladi va Jaloliddin G`aznagacha etib boradi. G`aznaga keliboq, Jaloliddin tez orada, o`n ming kishilik qo`shin to`plab, Qandahorni qamal qilgan mo`g`ullarga qarshi yurib, uni tor-mor etadi. Bo`lingan xorazmlik lashkarlarning harbiy qo`mondonlari o`z hukmdorining muvaffaqiyati haqida eshitib, G`aznaga to`plana boshlaydi va tez orada, Jaloliddin ko`l ostida 70 mingga yaqin askar yig`iladi. U bilan birga og`asi Amin al Mulk, sarkarda Temur Malik, qarluqlar xoni A`zam Malik va afg`onlar muallimi Muzaffar Maliklar ham keladi. Chingizxon hali xorazmshoh kuchidan bexabar bo`lib, unga qarshi Shiki Xutuxu boshchiligidagi 30 minglik qo`shin jo`natadi.

Bahorda Jaloliddinning qo`shini G`ori daryosidagi Valian qishlog`ida Shiki Xutuxuning etakchi lashkariga duch keladi. Mo`g`ul qo`shini, deyarli butunlay yakson etiladi: bor-yo`g`i yuzta askar jon saqlab qolgan. Ta`kidlab o`tish joiz, bu Chingizxon qo`shinining G`arbga yurishi chog`ida O`rta Osiyo, Eron va Afg`onistonda olib borgan harbiy harakatlari davomidagi yagona yirik mag`lubiyatidir.

Jaloliddinga nafaqat jangchilari, balki aholisi ham odil va haqqoniy hukmdor o`rnida madad ko`rsatgan. Parvonadagi mag`lubiyatdan so`ng mo`g`ullar Afg`oniston hududini tark etadi. Ularga javoban, Chingizxon xorazmshohlarga qarshi yangi jangda ishtirok etishga qaror qiladi. Ammo, Jaloliddin endigina Chingizxon bilan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko`rayotgan vaqt uni qo`llab-quvvatlovchi sarkardalar orasida nizo kelib chiqib, qipchoq, qarluq va afg`onlar Jaloliddinni tark etishadi.

Parvonadagi mag`lubiyatdan so`ng Chingizxonning o`zi Jaloliddinga qarshi yurish qiladi. Hal qiluvchi jang 1221 yilning 9 dekabr kuni Sind daryosi bo`yida ro`y beradi. Ushbu jangda Jaloliddin qo`shinlari tor-mor etiladi. Shunday qaltis vaziyatda, Jaloliddin o`z haramini daryoga cho`ktirishni amr etadi. So`ngra, asir tushmaslik uchun tulpori bilan o`zini Sind daryosining katta qoyasiga tashlaydi. Afsonaga ko`ra, Chingizxon yosh sultonning jasoratiga tan berib, o`g`illariga “Ota o`g`il mana shunday bo`lishi lozim”, degan ekan. Chingizxonni ta`qib etish uchun Balo noyon va Burbon ismli tuman begilar boshchiligidagi lashkarni yuboradi. Biroq Multan shahrigacha etib borgach, mo`g`ullar sulton izini yo`qotib qo`yishgan.

1224 yilning boshigacha Jaloliddin Hindistonda yashaydi, Eron va Mesopotamiyaga yurishga kirishadi. To`rt yil davomida Jaloliddin Hindistonda mo`g`ullar bilan jang olib boradi.

U turkmanlardan iborat yangi qo`shin to`playdi va G`arbiy Eronga – Kavkazga yo`l oladi. 1225 yil Jaloliddin janubdan shimoliy Eronga bostirib kiradi. Jiddiy qarshiliksiz Marvni egallab, Tabrizga yo`l oladi va bu shaharni zabt etadi. 1225 yil Jaloliddin qo`shini qisman Gruziya va Armanistonni egallaydi.

Jaloliddin dushmanlariga qarshi dovyurak qarshiliklar ko`rsatgan. 1230 yil Iroqdagi Xilot qal`asi zabt etilgach, xorazmshoh Mesopotamiya va Kichik Osiyo hukmdorlarining ittifoqi natijasidagi hujumda mag`lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qo`shiniga yakuniy zarbani Charmag`on boshchiligidagi mo`g`ullarning Ugedey lashkari etkazadi. Jaloliddin jangda og`ir jarohatlanadi, so`ngra u Kurdiston tog`lariga yashirinishga harakat qiladi. O`sha erda qaroqchilar hujumi paytida halok bo`ladi.

Jaloliddin Manguberdi o`zbek xalqining milliy qahramonlardan biridir. 1999 yili mamlakatimizda Jaloliddin tavalludining 800 yilligi keng nishonlangan. O`zbekistonda unga atab bir nechta haykallar o`rnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlangan memorial bunyod etilgan.

2000 yilning 30 avgust kuni “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta`sis etildi.

manba

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1