1

​​ Qarshida buzilgan uy- joylar uchun kompensasiya pullari to`lab berilmoqda

Jamiyat 10.12.2019, 08:51
Teglar: Qarshi, kompensasiya, uy- joy
​​ Qarshida buzilgan uy- joylar uchun kompensasiya pullari to`lab berilmoqda

Qarshi shahrida bino-inshooti buzilib, er uchastkasi olib qo`yilgan va kompensasiya puli to`lanmay qolgan jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi qarzdorlik yaqin vaqtdan boshlab davlat byudjetidan to`lab berilmoqda. Bu haqda Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati ma`lum qildi

Xususan, hozirga qadar 20 dan ortiq buzilgan noturar joy uchun tadbirkorlarga 1 milliard 654 million so`m miqdoridagi, 6 ta turar joy uchun aholiga 396 million so`m atrofidagi kompensasiya pullari to`lab berildi. 

Misol uchun, Qarshi shahrida yashovchi M.Rahimovaga tegishli uy-joy 2016 yilda buzib olingan va moddiy zararni qoplash jarayoni turli sabablarga ko`ra kechikkan. Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro hisobiga tegishli kompensasiya puli o`tkazib berildi. 

Shuningdek, “Sanoat oziq-ovqat va qurilish materiallari ta`minoti” korxonasiga qarashli bo`lgan, ancha ilgari davlat va jamiyat ehtiyoji uchun olib qo`yilgan noturar bino-inshoot 1 milliard so`mdan ko`proqqa baholangan. Aniq moliyalash manbasi yo`qligi sababli  shu paytgacha mulk egasi kompensasiya pulini ololmagan. Mazkur zarar miqdorining qariyb yarmi tadbirkorga qoplab berildi. 

Hali bu borada ishlar davom ettirilmoqda. 

Sharhlar

"Svet" va gaz uchun kompensasiya kimlarga beriladi?

23.04.2024, 11:44

Hukumat Qarori bilan aholining ehtiyojmand qatlamiga qishki mavsumda elektr energiyasi va tabiiy gazning iste`mol me`yorlaridan ortgan qismi uchun davlat tomonidan kompensasiya to`lab berilishi haqidagi band...
Qarshida bir oilaning 3 nafar bolasi is gazidan zaharlanib, ulardan biri vafot etdi

13.12.2022, 10:49

Qashqadaryo viloyatida yana is gazidan zaharlanish qayd etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, 11.12.2022 yil 11 dekabr kuni soat 10:20...
Qarshi aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

12.12.2022, 09:51

Noqulay ob-havo Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qo`ydi, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airports"Ma`lum qilinishicha, ko`rish chegarasining pasayishi, tuman va kuchli shamol "Azimut" aviakompaniyasi reysini Samarqanddagi...
Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

07.10.2022, 10:15

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1