1

Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

Jamiyat 16.12.2019, 11:35
Teglar: Toshkent, Qiz, pichoq
Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida xabar berildi.

Ma`lum bo`lishicha, qiz yigiti bilan rashk sababli tez-tez janjallashib turgan, shunday janjallardan birida u yigitining telefonini olib qo`ygan.

Shundan so`ng yigit mast holatda tungi soat 03:00 va 04:00 orasida qizning uyiga janjal qilib kelgan. Shuningdek, unga qarshi chiqqan qizning otasini urgan, bundan jahli chiqqan qiz esa sevgilisini pichoqlagan.

Qiz shu kunning o`zidaayoq mazkur harakati uchun qamoqqa olingan. Sud ishni ko`rib chiqqan. Sud qizga to`rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Chunki, qizni mahalla va sudning kelishuvi qamoq jazosidan qutqazib qoldi.

Eng qizig`i, jabrlanuvchi yigit hali ham qiz bilan turmush qurish niyatidan qaytmagan, uning ota-onasi ham bunga rozi bo`lgan. Yigit qiz bilan baxtli yashashiga umid bildirmoqda.

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1