1

Endi sudga aliment da`vosi uchun pul to`lamaysiz

Jamiyat 03.02.2020, 16:09
Teglar: Sud, aliment, TO`LOV, Davlat boji, Sadoqat ALLABERGANOVA
Endi sudga aliment da`vosi uchun pul to`lamaysiz

ShUNINGDEK, JAMI 40 TA HOLAT BO`YIChA SUDGA DA`VO KIRITISh UChUN TO`LOV TO`LANMAYDI

Joriy yilning 6 yanvarida Prezidentimiz tomonidan “Davlat boji to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Mazkur Qonunga ko`ra, sudlarga qilinadigan aynan qaysi da`volarda davlat boji undirilmasligi borasida ma`lumot olish maqsadida Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Abdunosir IGAMBERDIEVga murojaat qildik.

— Ushbu Qonun endilikda davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va to`lashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur Qonun qabul qilingunga qadar davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va to`lashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlar bir nechta qonun va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solib kelingan. Endilikda bu munosabatlar yagona qonun hujjati bilan tartibga solinadi.

Qonunga ko`ra, vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o`ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to`lovchilar hisoblanadi. Qonun bilan davlat bojini undirish ob`ektlari belgilab berildi.

Qonunga ko`ra, davlat boji fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga beriladigan

► da`vo arizalaridan,

► davlat boshqaruvi organlari, ma`muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo`lgan boshqa organlar, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qarorlari,

► harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlar),

► alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan,

► FIB sudlarning hal qiluv qarorlari,

► ish yuritishni tugatish to`g`risidagi, da`voni ko`rmasdan qoldirish to`g`risidagi, sud jarimalarini solish to`g`risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyasiya, kassasiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan,

► hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan,

► hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to`g`risidagi arizalardan,

► hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to`g`risidagi ishlar yuzasidan FIB sud ajrimlari ustidan beriladigan apel lyasiya, kassasiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan,

► chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan,

► chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to`g`risidagi ishlar yuzasidan FIB sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyasiya, kassasiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan,

► FIB sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko`chirma nusxalarini berganlik uchun undiriladi.

MIQDORLAR QONUN BILAN BELGILANDI

— Bunga qadar davlat boji stavkalari- ning miqdori Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan va shu stavkalar bo`yicha undirilgan. Endilikda ushbu masala Qonun darajasida belgilab berildi.

Qonun bilan belgilangan davlat boji stavkalariga ko`ra fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga beriladigan:

◙ mulkiy huquqiyatga ega da`vo arizalaridan da`vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisob- lash miqdori (BHM)ning 1 baravaridan kam bo`lmagan miqdorda;

◙ nikohni bekor qilish haqidagi da`vo arizalaridan BHMning 2 baravari miqdorida;

◙ takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da`vo arizalaridan BHMning 4 baravari miqdorida;

◙ turar-joylar ijarasiga doir shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi da`vo arizalaridan, mol-mulkni xatlovdan chiqarish to`g`risidagi va mulkiy xususiyatga ega bo`lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa da`vo arizalaridan BHMning 2 baravari miqdorida undiriladi.

ESLATIB O`TAMIZ:

2019 yil 30 dekabr kuni “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi 4555-sonli Prezident Qaroriga ko`ra, joriy yilning 1 fevralidan bazaviy hisoblash miqdori o`zgarishsiz qoldirildi — 223.000 so`m.

TO`LOVDAN OZOD QILINADIGANLAR ANIQ BO`LDI

— Bunga qadar ushbu masala Soliq kodeksi normalari bilan tartibga solingan edi. Qonunga ko`ra, davlat bojini to`lashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslar jumlasiga quyidagilar ham kiritilgan, da`vogarlar:

► FIB sudlarda da`vogarlar ish haqini undirish to`g`risidagi va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;

► aliment undirish to`g`risidagi da`volar yuzasidan;

► jinoyat tufayli etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplash to`g`risidagi da`volar yuzasidan;

► tadbirkorlik sub`ektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;

► iste`molchilar esa o`z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog`liq da`volar yuzasidan;

► chet el investisiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to`g`risidagi da`volar yuzasidan.

Shuningdek, qonunda davlat bojini to`lashdan ozod qilingan yuridik va jismoniy shaxslarning boshqa toifalari ham keltirib o`tilgan (Qonunning 8-moddasida).

DAVLAT BOJI TO`LANMAYDIGAN DA`VOLAR

— Ish haqini undirish to`g`risidagi va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan hamda aliment undirish to`g`risidagi da`volarning davlat bojidan ozod qilinishi, ushbu toifadagi ishlar FIB sudlarda ko`plab ko`rilishini inobatga olsak, fuqarolar uchun muhim ahamiyatga ega.

Statistik ma`lumotlarga qaraydigan bo`lsak, 2019 yil davomida birgina FIB Toshkent shahar sudlari tomonidan mehnat nizolari bilan bog`liq jami 530 ta, aliment undirish haqidagi da`volar bo`yicha 646 ta fuqarolik ishi ko`rilgan. Sud buyrug`i tartibida aliment undirish haqidagi arizalar bo`yicha 3457 ta, ish haqini undirish haqidagi arizalar bo`yicha 375 ta sud buyrug`i chiqarilgan.

Shuningdek, uy­joy nizolari bilan bog`liq 3474 ta, mulk huquqi bilan bog`liq 1626 ta, bitimlar bilan bog`liq 10788 ta, zarar etkazish bilan 1024 ta ish ko`rilgan. Qonun bilan sudlarda davlat bojini undirishning o`ziga xos xususiyatlari belgilanib, bu sudlar tomonidan davlat bojini undirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal qilib beradi

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Aliment to`lamagan ota farzandiga uy berdi

24.04.2024, 20:30

Ota aliment to`lamaganligi uchun jinoyat ishi qo`zg`atilishini eshitib, farzandi uchun uy  berdi. Bu haqda darakchi.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi. Fuqarolik ishlari bo`yicha Koson tumanlararo sudining...
Toshkentda 100 nafar odamni aldab, 55 nafarini xorijga yuborgan jinoiy guruhga sud hukmi o`qildi (video)

30.11.2022, 21:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 100 nafar jabrlanuvchini ishonchiga kirib, qariyb 550 million so`mni talon taroj qilgan 3 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi...
Nukus voqelari bo`yicha bo`lib o`tayotgan sudda asosiy aybdor Dauletmurat Tajimuratov Qur`oni Karimni keltirishni so`radi

28.11.2022, 12:43

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi...
Toshkentda ichimlik reklamasida behayo harakatlar qilganlar jarimaga tortildi (video)

27.10.2022, 19:44

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning behayo harakatlari aks etgan video tarqalib ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1