O`zbekistonda “Oliy Darajali Do`stlik” ordeni ta`sis etildi

Jamiyat 12.03.2020, 08:33
O`zbekistonda “Oliy Darajali Do`stlik” ordeni ta`sis etildi

“Oliy Darajali Do`stlik” ordenini ta`sis etish to`g`risida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “Oliy Darajali Do`stlik” ordeni ta`sis etildi, orden to`g`risidagi nizom va ordenining tavsifi tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, orden bilan O`zbekiston oldidagi alohida e`tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun: 

  • xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
  • xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
  • xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;
  • atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta`lim va tarbiya, sog`liqni saqlash, ma`naviyat, madaniyat va sport sohalarining ko`zga ko`ringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan mesenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1