1

“Afrosiyob” poezdi Qarshiga ham qatnay boshladi

Jamiyat 24.08.2015, 13:20
“Afrosiyob” poezdi Qarshiga ham qatnay boshladi

Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida – 22 avgust kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdi Toshkent – Qarshi yo`nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi. 

Bundan to`rt yil avval mamlakatimiz poytaxti bilan Samarqand shahri o`rtasida Ispaniyaning “PATENTES TALGO S.L.” kompaniyasida ishlab chiqarilgan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdi qatnovining yo`lga qo`yilgani bu sohada amalga oshirilgan ulkan ishlarning amaldagi ifodasi bo`ldi, deya xabar beradi O`zA. 
Ikki lokomotiv, sakkiz yo`lovchi vagoni va vagon-restorandan iborat ushbu zamonaviy poezd o`tgan davrda xalqimiz va yurtimiz mehmonlarining eng qulay hamda ishonchli transport vositasiga aylandi. Buni qatnov yo`lga qo`yilgandan beri mazkur poezdda 600 mingdan ziyod yo`lovchi manziliga etkazilganida ham ko`rish mumkin. 
“Afrosiyob” elektropoezdining Toshkent-Samarqand-Qarshi yo`nalishida doimiy harakatlanishini ta`minlash maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 
Davlatimiz rahbarining 2010 yil 21 dekabrdagi “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikasiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to`g`risida”gi hamda 2012 yil 5 yanvardagi “Maroqand-Qarshi temir yo`l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlariga asosan 140,8 kilometrlik Maroqand-Qarshi uchastkasi to`liq elektrlashtirildi. 11 stansiyada 9 kilometr po`lat izlar reabilitasiya qilindi, 2100 kub/metrdan ortiq tuproq ishlari bajarildi. 
Poezdlarning ishonchli harakatlanishi, aloqa tizimlarining nuqsonsiz ishlashini ta`minlash maqsadida zamonaviy avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi, elektr energiya sarfini avtomatik hisob-kitob qilish tizimi yo`lga qo`yildi. Uchastkaning barcha kesishmalari radioaloqa va telefon aloqasi bilan jihozlandi, yo`llarning ikki tomoniga temir panjaralar o`rnatildi. 
Shu kungacha yo`lovchi poezdlari Toshkentdan Qarshigacha bo`lgan 511 kilometr masofaga qariyb olti soatda etib borgan bo`lsa, “Afrosiyob” elektropoezdi ushbu yo`lni uch soatda bosib o`tadi. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1