Koronavirus sabab Superliga o`yinlari to`xtatilishi mumkin

Sport 15.03.2020, 16:25
Teglar: superliga, koronavirus
Koronavirus sabab Superliga o`yinlari to`xtatilishi mumkin

COVID-19 virusi O`zbekistonga kirib kelgani rasman tasdiqlangani haqida xabar  va bemor bilan muloqotda bo`lganlar nazoratga olingani haqida axborot bergan edik. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Oripov boshchiligida koronavirusga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Hukumat rahbari katta ehtimol bilan O`zbekiston futbol chempionati ham koronavirus sabab to`xtatilishi mumkinligini qayd etib o`tdi.. 

Bugun, 15 mart kuni futbol bo`yicha O`zbekiston superligasi 3-turidan o`rin olgan so`nggi 2 ta uchrashuv bo`lib o`tadi. 

Ma`lumot o`rnida, hozirga qadar butun dunyoda 157 457 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5845 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 75 953 kishi butkul sog`ayib ketgan. 

Hozircha O`zbekistonda bir nafar inson koronavirus yuqtirib olgani rasman tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1