1

200 dan ziyod xizmatni jamlagan Uydaqoling.uz portali ishga tushdi

Hi-tech 11.04.2020, 19:16
200 dan ziyod xizmatni jamlagan Uydaqoling.uz portali ishga tushdi

Internetdagi o`zbek segmentida 200 dan ziyod xizmatni jamlagan Uydaqoling.uz portali ishga tushdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM Yagona integratori IT-Park yordami bilan birga karantin vaqtida  uydaqoling.uz portali elektron xizmatlari bilan ishga tushirgani haqida ma`lum qildi.

Mazkur portalda aholi uchun karantin rejimida eng dolzarb va muhim xizmatlar ko`rsatilgan. Mazkur portal orqali uydan turib barcha xizmatlardan to`laqonli foydalanish mumkin. uydaqoling.uz sayti orqali onlayn tarzda nonushta, tushlik, kechki ovqatlarga buyurtmalar berish yoki mahsulotlarni buyurtma qilish, tibbiy maslahatlar, masofaviy ta`lim olish va hokazo.

Hozirgi kunga qadar portalda 190 dan ortiq xizmatlar o`rin olgan. Taqdim etilayotgan  internet-xizmatlari kengaytirib borilmoqda.

Bundan tashqari, har bir kishi mustaqil ravishda yangi xizmatlarni qo`shish uchun maxsus anketa orqali katalogga taklif  berishi mumkin.|

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1