O`zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon olamdan o`tdi

Madaniyat 11.04.2020, 20:12
O`zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon olamdan o`tdi

Bugun O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Anvar Obidjon olamdan o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida tug`ilgan. 1979 Toshkent davlat universitetining (hozirgi O`zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan.

U bolalar uchun ham, kattalar uchun ham ko`plab qissa, she`r, doston, hikoya, pesalar yaratdi. 

 “Ona Er”, “Bahromning hikoyalari”, “Ey, yorug` dunyo...”, “Olovjon va uning do`stlari”, “Ketmagil”, “Masxaraboz bola”, “Akang qarag`ay Gulmat”, “Juda qiziq voqea”, “Dahshatli Meshpolvon”, “Erliklar”, “Bulbulning cho`pchaklari”, “Odobli bo`lish osonmi”, “Tanlangan she`rlar”, “O`q o`tmas bolakay yoxud oltin yurak”, “Ajinasi yo`q jinko`chalar” kitoblari kitobxonlarga yaxshi tanish.

Anvar Obidjon “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Shoirning oilasi va yaqinlariga ta`ziya izhor etamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1