1

“Karantin kachon tugaydi?” — “Soronavirusyordam” telegram botiga eng ko`p berilayotgan savol bo`ldi

Hi-tech 11.04.2020, 20:56
Teglar: karantin, koronovirus
“Karantin kachon tugaydi?” — “Soronavirusyordam” telegram botiga eng ko`p berilayotgan savol bo`ldi

Joriy yilning 31 mart kuni ishga tushirilgan “Soronavirusyordam” onlayn telegram botiga bugun, 11 aprel soat 15:00 gacha 83 mingdan ortiq fuqaro kirgan. Ulardan 10 mingdan ortig`i operatorlar bilan chat orqali bog`langan va 18 mingdan ortiq savollarga javob olishgan. Qolganlar esa botdagi tayyor savol-javoblardan o`zlariga kerakli ma`lumotlarni olishgan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.

Ushbu telegram botni yuritish buyicha ishchi guruh rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymuradovning aytishicha, bugungi kunda eng ko`p beriladigan savollar quyidagicha: viloyatlar yoki tumanlar kesimida kasallanganlik holati qanday, koronavirus infeksiyasiga uchragan insonda kasallikning belgilari qanaqa bo`ladi, COVID-19 tasdiqlangan holatlar karantindagilar ichidan aniqlanayaptimi yoki aholi orasidan, bemorlarning hozirgi ahvoli qanaqa va hokazolar. 

Qayd etilishicha, fuqarolar hammasidan ham ko`proq “Karantin kachon tugaydi?” degan savolni bermoqda.

70 ga yaqin tajribali shifokor, professor va o`qituvchilardan iborat operatorlar guruhi barcha savollarga uch smenada tunu kun onlayn tartibida javob bermoqda.

Aholi tomonidan ko`p berilayotgan savollar to`plami va ularga malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan javoblar qulay shaklda botga ham joylashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1