San`at saroyi ishchilari pulsiz ta`tilga chiqarilmagan

Iqtisodiyot 14.04.2020, 18:08
Teglar: ta`til, san`at saroyi
San`at saroyi ishchilari pulsiz ta`tilga chiqarilmagan

San`at saroyi ishchilari ish haqi saqlanmagan holda ta`tilga chiqarilmagan. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot kotibi ma`lum qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi san`at saroylaridan birida ishchilar ularning roziligisiz ish haqi saqlanmagan holda ta`tilga chiqarilgani bayon qilingan xabar tarqalgan edi.

Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi hamda o`z tasdig`ini topmadi.  

Ma`lum bo`licha, san`at saroyida 124 nafar xodim faoliyat yuritadi. 2020 yilning 1 aprel holatiga ko`ra, ularning 75 nafari haq to`lanadigan mehnat ta`tiliga chiqarilgan. Ta`til uchun to`lovlar joriy yilning 1 aprelida amalga oshirilgan", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1