1

Bugungacha “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga qancha mablag` kelib tushdi?

Iqtisodiyot 16.04.2020, 19:22
Teglar: salomatlik, fond
Bugungacha “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga qancha mablag` kelib tushdi?

“Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga muruvvatli insonlardan xayriya yordamlari kelib tushishi davom etmoqda. Shu kungacha mazkur fondga qancha mablag` kelib tushgan? Bu mablag`lar nimalarga safrlanmoqda?

Ayni paytda bu savol ko`pchilikni qiziqtirsa kerak. Ushbu fondga homiylar tomonidan o`tkazilayotgan mablag`lar haqida doimiy tarzda hisobot berib boriladi. Bugungi kunda "Mehr-shafqat va salomatlik" fondiga tushgan mablag`lar haqida axborot berildi.

“Mehr-shafqat va salomatlik” Jamoat fondiga bugunga qadar kelib tushgan mablag`lar 63 milliard so`mdan oshgani ma`lum bo`ldi. Bundan 37 minggi dollarda, 10 mingdan ortigi evroda fond hisobiga kelib tushgan.

Bu haqda fond rahbari Asrol Mirzaahmedov bugun Benilyuks davlatlari va Daniyada yashaydigan vatandoshlarimiz ishtirokida bo`lib o`tgan onlayn videokonferensiyada ma`lum qildi.  

Asrol Mirzaahmedovning aytishicha, bugunga qadar kelib tushgan pul mablag`larining 6 milliard so`mi dori-darmon vositalari, gigienik vositalar hamda tibbiy uskunalar xarid qilishga sarflangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1