1

Koronavirus pandemiyasi aholi turmushi og`irlashishiga olib kelmaydimi? Bunga Markaziy bank nima deydi?

Iqtisodiyot 16.04.2020, 20:48
Teglar: tadbirkor, xayriya, koronavirus
Koronavirus pandemiyasi aholi turmushi og`irlashishiga olib kelmaydimi? Bunga Markaziy bank nima deydi?

Koronavirus pandemiyasi aholi turmushining og`irlashishiga, narxlarning qimmatlashishiga olib kelmaydimi? Umuman, O`zbekistonda bu epidemiyadan keyingi iqtisodiy holat, pul-kredit siyosatidagi o`zgarishlar qanday prognoz qilinmoqda?

Butun jahonda ro`y berayotgani kabi O`zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq cheklovlar iqtisodiy faolikka salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bu o`z o`rnida, kelgusida aholining daromadlariga o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Pandemiya ta`sirida shakllangan joriy iqtisodiy holat butun dunyoda, jumladan, bizda ham joriy yilda aholi daromadlarining yuqori darajada oshmasligini ko`rsatmoqda.

Pandemiyaning narxlarga ta`siri bo`yicha karantinning dastlabki kunlari aholining xavotirlari keskin oshishi natijasida asosiy oziq-ovqat hamda gigiena vositalariga keskin talab oshishi kuzatildi va bu holat ayrim savdo nuqtalaridagi narxlarga vaqtinchalik o`z ta`sirini ko`rsatdi.

Shu bilan birga, quyidagi omillarga tayanib hozirgi kunda karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emasligini bildiramiz, xususan:

-aholining doimiy daromadlari qisqarishi natijasida iste`mol tovarlarining asosiy qismiga bo`lgan yalpi talab keskin pasayishi;

-kelgusi oydan boshlab qishloq xo`jaligi mahsulotlarining yangi hosili katta hajmda bozorlarga chiqishi;

-tegishli Prezident Farmoni bilan bir qator asosiy xalq iste`molidagi tovarlari va ularning xomashyolari importiga 2020 yil 31 dekabriga qadar bojxona boji va aksiz solig`ining bekor qilinishi;

-hukumatning oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari.

Shuningdek, 2020 yildan boshlab Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, 15 foiz darajasida belgilandi. Bu birinchi navbatda, iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida inflyasiya bo`yicha prognozlarni pasayish tomonga ko`rib chiqilganligi bilan bog`liq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1