1

Un va kartoshka narxi oshmasligi uchun qanday choralar ko`rilmoqda?

Iqtisodiyot 19.04.2020, 16:35
Teglar: un, kartoshka, narxlar
Un va kartoshka narxi oshmasligi uchun qanday choralar ko`rilmoqda?

Xabaringiz bor, keyingi vaqtlarda aynan un va kartoshka narxini oshgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Ularning narxini barqaror ushlab turish uchun qanday choralar ko`rilyapti?

Bu haqida bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo`lim boshlig`i Farhod Ochilov ma`lumot berib o`tdi.

Uning qayd etishicha, davlat resurslaridan ajratiladigan un hajmlarini birja savdolarisiz arzon narxda iste`molchilarga kafolatli etkazib berilishi ta`minlashga kirishilgan.

Departament organlari tomonidan un mahsulotlarini don korxonalaridan to`g`ridan-to`g`ri xarid qiluvchilar ro`yxatiga: 

— amalda ishlamayotgan savdo nuqtalari,

— makaron ishlab chiqaruvchilar,

— novvoyxonalar,

— birjada narxlarni manipulyasiya qilgan sub`ektlarni kiritilmaslik bo`yicha barcha choralar ko`riladi.

“Respublika bo`yicha kartoshkaga bo`lgan talabning keskin oshgani hisobga olinib, import qilingan kartoshkaning “birinchi qo`l“ tamoyili asosida markazlashgan tarzda, manzilli ravishda aholiga etkazib berish mexanizmi yo`lga qo`yildi“ dedi Farhod Ochilov.

Karantin davrida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga — 24 780,4 tonna; Toshkent shahar dehqon bozorlari, savdo tarmoqlari hamda sayyor savdo shoxobchalariga 5 500 tonna kartoshka etkazib berilgan.

Bozorda muayyan mahsulotning narxi oshish ehtimoli paydo bo`lishi bilan o`sha mahsulot miqdorini ko`paytirish orqali intervensiya qilingan. 

Jumladan, 15 mart-17 aprel kunlari respublika bo`yicha 16 000 tn kartoshka, 5 200 tn piyoz, 3 700 tn sabzi, 400 tn karam, 460 tn tovuq go`shti, 1150 tn go`sht, 8,3 mln dona tuxum, 1 350 tn guruch, 540 tn shakar va 120 tn olma ishlab chiqaruvchilar narxida intervensiya qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1