1

Koronavirusga chalingan bemorlar qancha muddatda tuzaladi?

Salomatlik 21.04.2020, 15:19
Koronavirusga chalingan bemorlar qancha muddatda tuzaladi?

Bugun AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov odamlarning ushbu xastalik bilan bog`liq bo`lgan savollariga javob berdi. 

Savol:Koronavirusga chalingan odamlar qancha muddatda tuzaladi o`zi? Nima uchun karantinga olinganlarni chiqarish cho`zilib ketyapti?

Javob:Bemorlar o`rtacha 10-15 kun, ba`zida og`ir hollarda bir oy davomida tuzaladi. Tuzalgandan so`ng, yana 14 kun davomida reabilitasiya ishlari olib boriladi.

Karantindan chiqarish qoidalariga asosan, 14 kunda laboratoriya natijalari manfiy bo`lsa, karantindagilar chiqariladi, agar laboratoriya natijalari musbat bo`lsa, karantin davom etadi.

Virusni ajratayotgan odam karantindan chiqarilishi mumkin emas.

 

Savol: Karantinga ixtiyoriy kirish mumkinmi? Agar mumkin bo`lsa, kimga murojat qilish kerak?

Javob:Agar sizda bemor bilan muloqot bo`lgan bo`lsa, karantinga kirish majburiy. Sizga epidemiologik ko`rsatma bo`lmasa, salomatligingiz yaxshi bo`lsa, karantinga ixtiyoriy kirish mumkin emas va bunga ehtiyojning o`zi yo`q.

 

Savol: Navoiydagi "Metallurg" sihatgohida 14 kun daavomida karantinda shifokor sifatida ishladim. Karantin tugadi va hamma sog`aib uylariga qaytishdi. Biz vrachlarga hokimiyat tomonidan 2 mln so`m berildi. Prezidentimiz bir martarlik rag`batlantirish Qarori bizga ham tegishlimi?

Javob:Agar siz karantinda laborator tasdiqlangan bemorlarni davolagan bo`lsangiz va shu bilan xavf ostida bo`lgan bo`lsangiz, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan rag`batlantirish Qarori Sizga ham taalluqli bo`lar edi. Agar karntinda bo`lganlarning hammasi sog` bo`lsa — asosiy moyanangizga qo`shiladigan foiz beriladi, xolos.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1