1

Rossiya testlari kasallik belgilari bo`lmagan “tashuvchilarni” ham aniqlashi mumkin

Hi-tech 21.04.2020, 19:27
Rossiya testlari kasallik belgilari bo`lmagan “tashuvchilarni” ham aniqlashi mumkin

Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida Rospotrebnadzorning FBUN GNS VB “Vektor” ilmiy markazida ishlab chiqarilgan koronavirusni polimeraza zanjirli reaksiyasi orqali aniqlaydigan testlar orqali aniqlanishiga nisbatan salbiy e`tiroflar keltirilgan.  

Biz bu e`tiroflarning qanchalik o`rinli ekaniga aniqlik kiritish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi  Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari Koordinatori, FV bo`yicha bosh mutaxassis, texnika fanlari doktori, professor Ibrohim Mamatqulovga murojaat etdik.  

U kishining ta`kidlashicha, O`zbekistondagi birinchi bemor aynan “Vektor” ning testlari orqali aniqlangan. So`ng, kasallik Germaniya testlari orqali ham tasdiqlangan. Shu jihatga e`tibor berish o`rinliki, Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilayotgan test tizimlari yuqori sezgirlik darajasiga ega. Testlar natijalari namunani to`g`ri olish tartibiga ham bog`liq. Shu bilan birga, Rossiya testlari kasallik belgilari bo`lmagan “tashuvchilarni” ham aniqlashi mumkin.  

Bundan tashqari, profilaktik tibbiyot yo`nalishida Rossiya Federasiyasining sanitariya-epidemiologik xizmati dunyodagi eng yuqori darajada rivojlangan tizim hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1