Buxoro viloyati hokimligi XVI asrga oid yodgorlikni ruxsatsiz ta`mirlayotgani aniqlandi

Madaniyat 22.04.2020, 23:12
Buxoro viloyati hokimligi XVI asrga oid yodgorlikni ruxsatsiz ta`mirlayotgani aniqlandi

Hozirgi kunda XVI asrga mansub yodgorlik - Xo`ja Kalon masjidi va minorasi oldida joylashgan xovuzni ta`mirlash ishlari Buxoro viloyati xokimligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ammo tartibga ko`ra, O`zbekiston hududida joylashgan barcha moddiy madaniy meros ob`ektlari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi zarur. Shu sababdan Departament ushbu holatga aniqlik kiritdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 14 aprel kuni Buxoro viloyati madaniy meros inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar xokimligiga Xo`ja Kalon masjidi oldida ta`mirlash ishlari to`xtatilishi to`g`risida xat kiritilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi “ O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi 265-son qaroriga muvofiq alohida muhofaza qilinadigan tarixiy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko`ra, YuNESKOning Umumjahon meros ro`yxatiga kiritilgan hududlarda ta`mirlash tiklash ishlarini olib borish uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentidan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert Kengashiga o`rnatilgan tartibda hujjatlar taqdim etilgan holda, Kengashning xulosasiga ko`ra tiklash ishlarini olib borish mumkin.

oqea yuzasidan Madaniy meros departamenti o`rnatilgan tartibda hujjatlarni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etadi.

Ma`lumot uchun, Buxoro shahridagi Xo`ja Kalon masjidi va minorasi 1573-1579 yillarda qo`rilgan bo`lib, madaniy meros ro`yxatiga kiritilgan ob`ektdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1