1

Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a`zo davlatlarda sabzavot va don mahsulotlariga import boji bekor qilindi

Iqtisodiyot 23.04.2020, 14:59
Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a`zo davlatlarda  sabzavot va don mahsulotlariga import boji bekor qilindi

Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi kengashining 2020 yil 1 aprelda qabul qilingan ayrim sabzavot va don mahsulotlariga import bojlarini olib tashlash to`g`risidagi qarori  18 apreldan kuchga kirgan.

Boj olinmaydigan mahsulotlar ro`yxatiga kartoshka, sabzi, karam, piyoz, sarimsoq, qalampir, grechka, uzun donli guruch, javdar, bolalar uchun tayyor ozuqalar, shuningdek ona suti o`rnini bosuvchi mahsulotlar va sharbatlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar kiradi.

Ushbu mahsulotlar 2020 yil 30 iyungacha EOII mamlakatlari Bojxona ittifoqining yagona bojxona hududiga olib kirilganda bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi.

Avvalroq,  Evroosiyo Iqtisodiy komissiyasi kengashi COVID -19 pandemiyasini hisobga olgan holda, piyoz, sarimsoq, sholg`om, javdar, guruch, grechka, tariq, yorma singari mahsulotlarni EOIIdan olib chiqishni taqiqlashga qaror qilgani e`lon qilingan edi.  "Taqiqlovning kiritilishi sanitariya-epidemiologik vaziyat yomonlashgan davrda mahsulotlarni aholiga  etarli miqdorda ta`minlanishiga imkon beradi", deyilgandi shu  haqdagi  xabarlarda. 

Ma`lumot o`rnida,mamlakatimizda    2020 yilning  31 dekabriga  qadar zarur oziq-ovqat va tibbiy-gigienik vositalar importi nol qiymatda soliqqa tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1