1

Debitor qarzdorlik uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga jarimalar qo`llash to`xtatildi

Iqtisodiyot 24.04.2020, 13:16
Debitor qarzdorlik uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga jarimalar qo`llash to`xtatildi

O`zbekistonda karantinning birinchi kunlaridan davlat tomonidan soliq yukini engillashtirish borasida choralar ko`rila boshlandi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini koronavirus pandemiyasining salbiy ta`siri va uning oqibatlaridan himoya qilish uchun inqirozga qarshi puxta o`ylangan choralar ishlab chiqildi. Ularning aksariyati soliq qarzdorligi va to`lov muddatlariga ta`sir qildi.

Prezidentimizning 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli Farmoniga ko`ra, 2020 yil 1 oktyabrgacha bo`lgan muddatda tashqi savdo operasiyalari bo`yicha muddati o`tgan debitor qarzdorlik uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga jarimalar qo`llash to`xtatildi.

Bundan avval ta`sir choralari kechikish muddatiga bog`liq edi: muddati o`tgan debitor qarzdorlik paydo bo`lgan kundan boshlab (ya`ni eksport uchun 120 kun va operasiya boshlangandan keyin 180 kun) uning 10, 20- yoki 70 foizi ekvivalenti miqdorida bevosita jarimalar qo`llanilar edi. Ushbu davrda davlat byudjetiga 931,2 mlrd. so`m miqdorida to`lanishi kerak edi. 3159 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan ham aynan shuncha miqdorda jarimalar hisoblangan. Ammo yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatga asosan ular qo`llanilmadi.

Ushbu yangi tartib asosida jarimalardan ozod etilganlar orasida «Muxiddin Fayz Servis» fermer xo`jaligi (Buxoro viloyati) ham bor. 2019 yil 25 mayda mazkur fermer xo`jaligi tomonidan Qozog`istonga 355 ming dollar miqdorida meva eksport qilingandi. Ammo ko`plab mamlakatlarda joriy etilgan karantin choralari tufayli, xorijiy hamkoridan mahsulot uchun pul mablag`lari o`z vaqtida (2020 yil 23 martgacha - 120 kun + 180 kun) kelib tushmadi.

Bunday holda debitor qarzdorlik uchun jarima ikkinchi bosqichda (180 bank kunidan keyin) kelib tushmagan 678,4 mln. so`m pul mablag`ining 20 foizi ekvivalentida hisoblanadi. Ammo bu chora PF-5969-sonli Prezident Farmoni talablariga muvofiq qo`llanilmadi.

Farg`ona viloyatidagi korxonalardan biriga nisbatan ham jarima hisoblanishi to`xtatildi. «Imron Progress Textile» MChJ Ukraina kompaniyasi bilan shinalar importi bo`yicha 50,5 ming dollar miqdorida shartnoma imzolagandi. To`lov 2019 yil 30 iyulda amalga oshirildi.

Tovarlar 2020 yil 26 yanvargacha (muddat – 180 kun) va karantin munosabati bilan bugungi kungacha ham etkazib berilmadi. Qo`shimcha shartlar muddati tugagandan so`ng (60 bank kuni) 2020 yil 19 martgacha (26.01.2020+84) muddati o`tgan debitor qarzdorlik uchun 48,1 mln. so`m jarima hisoblanishi lozim edi. Bu vaziyatda ham chora ko`rilmadi.

O`zbekistonda karantin muddati 2020 yil 10 maygacha uzaytirildi. Bunday murakkab iqtisodiy davrda davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni xatarlar va inqirozlardan himoya qilish yo`lidan bormoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1