1

"Mehr qolur, muhabbat qolur!" Bugun o`zbekning tanti shoiri tug`ilgan kun

Madaniyat 26.04.2020, 09:20
"Mehr qolur, muhabbat qolur!" Bugun o`zbekning tanti shoiri tug`ilgan kun

Bugun o`zbek xalqining sevimli va tanti shoiri Muhammad Yusufning tavallud kuni. 

O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug`ilgan.

Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutini (hozirgi O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti) tamomlagan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasida tahsil olgan.

Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “O`zbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. 1998 yildan umrining oxirigacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritdi.

Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima ena allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko`nglimda bir yor”, “Bevafo ko`p ekan”, “Erka kiyik”, “Saylanma”, “Biz baxtli bo`lamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulug`imsan, Vatanim” singari o`ndan ortiq she`riy to`plamlari o`quvchilar qalbidan joy oldi.

Muhammad Yusuf “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlangan. El sevgan ijodkor Muhammad Yusuf 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1