1

Bugun afsonaviy san`atkorning tavallud topgan kuni

Madaniyat 26.04.2020, 10:50
Bugun afsonaviy san`atkorning tavallud topgan kuni

Halqimiz orasida Botir Zokirov o`zining betakror ovozi hamda go`zal qo`shiqlari bilan  afsonaviy san`atkor sifatida e`tirof etilgan. 

Uning ijrosidagi “Ra`no”, “Majnun monologi”, “Yor kel”, “Arabcha tango”, “Seni eslayman”, “Qaydasan” va boshqa ko`plab qo`shiqlari o`zbek san`ati oltin fondidan joy olgan.

O`zbek qo`shiqchilik san`atida o`chmas iz qoldirgan Botir Zokirov 1936 yilda tug`ilgan. Toshkent Davlat konservatoriyasida, Toshkent Davlat teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan. “Yoshlik” ansambli va O`zbek Davlat estrada orkestrining yakkaxon xonandasi sifatida faoliyat olib borgan.

Botir Zokirov nafaqat xushovoz xonanda, balki mahoratli rassom, yozuvchi va tarjimon ham bo`lgan. 1985 yilning 23 yanvarida vafot etgan. Vafotidan so`ng 2000 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1